Investorlar uchun huquqiy kafolat: Toshkent xalqaro moliya markazi nega konstitutsiyaviy asosda yaratildi?
##plugins.pubIds.doi.readerDisplayName##:
https://doi.org/10.5281/zenodo.21492969##article.abstract##
Maqolada Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etishning iqtisodiy va huquqiy zarurati, uning konstitutsiyaviy qonun asosida faoliyat yuritishi investorlar uchun qanday kafolatlarni ta’minlashi atroflicha tahlil qilingan. Muallif xalqaro kapitalni jalb etishda faqat iqtisodiy manfaat va imtiyozlar emas, balki qonun ustuvorligi, mulk huquqining ishonchli himoyasi, shartnomalar ijrosi hamda nizolarni xolis va samarali hal etish tizimi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi.
Shuningdek, maqolada Toshkent xalqaro moliya markazi mamlakatda barqaror va shaffof investitsiya muhitini shakllantirish, xorijiy va mahalliy investorlar ishonchini mustahkamlash, zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish hamda O‘zbekistonning mintaqaviy moliya markazi sifatidagi mavqeini yuksaltirishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Mazkur ekspert munosabatida konstitutsiyaviy asos investorlar uchun oddiy huquqiy me’yor emas, balki uzoq muddatli barqarorlik, huquqiy aniqlik va davlat tomonidan kafolatlangan ishonch muhitining muhim poydevori ekani asoslab berilgan.