UCH YO‘L TUTASHUVI – PORLOQ KELAJAKKA OCHILAYOTGAN YO‘L!

UCH YO‘L TUTASHUVI – PORLOQ KELAJAKKA OCHILAYOTGAN YO‘L!

Authors

  • Sherzod QURBONOV

Keywords:

Markaziy Osiyo, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, mintaqaviy integratsiya, strategik hamkorlik, chegara delimitatsiyasi, sanoat kooperatsiyasi, savdo-iqtisodiy munosabatlar, transport va energetika.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichi, Xo‘jand shahrida o‘tkazilgan uch tomonlama sammit natijalari hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiya jarayonlarining ahamiyati tahlil qilingan. Muallif davlat rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlar siyosiy ishonchni mustahkamlash, chegara masalalarini hal etish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun mustahkam asos yaratayotganini yoritadi.
Maqolada savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, energetika, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishning strategik ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, uch davlatning tabiiy resurslari va texnologik imkoniyatlari o‘zaro bir-birini to‘ldirishi mintaqaning barqaror iqtisodiy o‘sishi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim omil sifatida baholangan.
Muallif Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari nafaqat iqtisodiy taraqqiyot, balki tinchlik, barqarorlik va umumiy farovonlikni ta’minlashning muhim kafolati ekanini ta’kidlaydi. Xulosa sifatida uch davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish mintaqada uzoq muddatli barqaror taraqqiyot, o‘zaro ishonch va integratsiya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqishi qayd etilgan.

Author Biography

Sherzod QURBONOV

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
xodimi, ekspert.

Downloads

Published

2025-04-01

Issue

Section

##section.default.title##
Loading...