Raqamli iqtisodiyot sharoitida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.22115161Аннотация
Mazkur monografiyada sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Unda sanoat korxonalarining energiya samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining o‘rni, ulardan foydalanishning xalqaro tajribasi hamda O‘zbekiston sanoatida mavjud holat va imkoniyatlar tahlil qilingan.
Monografiyada sanoat korxonalarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini baholash, energiya tejamkor loyihalarni boshqarish, tarmoqli quyosh elektr stansiyalaridan foydalanish, “NetZero” energiya tizimiga o‘tishni rag‘batlantirish hamda Sanoat 4.0 konsepsiyasi doirasida “O‘zbekiston yashil energetika tizimi”ni shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari yoritilgan.
Tadqiqot natijalari asosida sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish, uglerod emissiyalarini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish va yashil energetikaga o‘tish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya iqtisodiyot, energetika, sanoat korxonalari boshqaruvi va yashil iqtisodiyot yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalar uchun mo‘ljallangan.